– Ranjitadi..! Xato ― biz insonlarga xosdir. Sevganlar ham ranjitadi... Faqat, sevilganning ranjitishi ko'proq og'rintiradi, xolos... Ammo, Unutmang.. Har narsaning yaxshi tomoni bor. Shoyad, ranjitganingiz ko'ngilning badalini to'lay olsangiz, yana u sizga yor bo'ladi... Chunki, yurakdan chiqishning ming bir yo'li bo'lgani kabi, u qalbga qaytadan kirishning ham ming bir yo'li bordir...
"Unutiladi. Ko'nikasan. O'tib ketadi hammasi" - dedilar. Ha, o'tib ketdi. U yonimdan meni hech qachon tanimagandek, hech qachon uning hayotida men bo'lmagandek o'tib ketdi. Lekin bilasizmi xotiralar, sevish, sog'inish, uni tinmay eslash o'tib ketmadi, ketmaydi ham...
Hech qachon insonning oʻtmishidan unga qarshi foydalanmang. Oʻtmishda qilgan gunohlari bilan uning yuziga uravermang!
Agar diqqat bilan yuz ifodasiga qarasangiz, koʻzlari ichida ming ogʻriq bilan oʻtgan narsalarga, qilgan xatolariga afsus nadomat qilishini koʻrasiz.
Hech qachon soʻzlardan qurol sifatida foydalanmang, chunki ular siz oʻylaganingizdanda kuchliroq yaralaydi...