Uy-joyingizni ta’mirlash uchun imtiyozli ipoteka krediti ajratilayotganidan
xabaringiz bormi?
Keling, bugun yana shu mavzuga to‘xtalamiz.
Bu ipoteka krediti kamabag‘allikni qisqartirish dasturiga kiritlgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
👍 Kredit shartlari
⏺ Miqdori – 120 million so‘m;
⏺ Foiz stavkasi – 17,5 foiz;
⏺ Muddati – 20 yil.
Bunda boshlang‘ich badal miqdori 15 foizni tashkil etishi ko‘rsatilgan va ushbu badal summalari subsidiya yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari orqali qoplanadi.
Demak, bank tomonidan taqdim etiladigan ipoteka kreditining maksimum miqdori 102 mln so‘mni tashkil qiladi.
Kredit olish uchun “Mahalla yettiligi”ning xulosasi talab etiladi.
Uni olish uchun
online-mahalla.uz platformasining “Uy-joy ta’miri uchun kreditga ariza berish” bo‘limi orqali ariza qoldirish mumkin.
Bunda talabgor uy-joyining ta’mirtalab ekanini asoslantirib berishi kerak.
Bu ipoteka krediti uchun dastlabki to‘lov va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiyalar “
subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali ajratiladi.
👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.
Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)
Telegram •
Instagram •
YouTube •
TikTok