Talabalar uchun soliq imtiyozlari mavjudligidan xabaringiz bor bo‘lsa kerak?
Keling, bugun ularni to‘liq o‘rganib chiqamiz)
Kimlar 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin?
Ish haqi va boshqa daromadlaridan o‘zi, farzandi yoki 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining oliy o‘quv yurtida ta’lim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lgan fuqarolar.
Biroq yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning – aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.
Shuningdek, mazkur imtiyoz professional ta’lim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etilgan.
Imtiyoz professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:
👍 jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
👍 tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👍 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.
Bu imtiyoz necha pul bo‘ladi?
Bitta talaba uchun kontrakt summasi to‘langanda, qancha pul miqdoridagi imtiyozga ega bo‘lishimizni hisoblaymiz:
Masalan, 2023-2024 o‘quv yili uchun tibbiyot sohasida o‘qiyotgan talabaning kontrakt summasi – 9 129 930 so‘mni (bakalavriat kunduzgi, stipendiyasiz). Ushbu imtiyozdan foydalangan holda bir yilda 1 095 591 so‘mni tejab qolish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Biz ushbu daromad solig‘ini qanday qaytarib olish mumkinligi haqida video-qo‘llanma tayyorlaymiz.
Siz esa postimizga like bosing va uni yaqinlaringizga ham ulashing!
Telegram •
Instagram •
YouTube •
TikTok