View in Telegram
#firibgarlar ❗️500 dan ortiq mualliflarimiz qurboni bo'lgan va o'zimizning firibgarlar tomonidan ishlab chiqilgan laxatron sxema! OAK ro'yxatidagi jurnallarning soxta(klon) veb-saytlarini yaratish, odamlarni aldash orqali o'z biznesini amalga oshiradigan va asosan Telegram ijtimoiy tarmog'ida faoliyat olib boradigan firibgarlar guruhi borligidan xabardor bo'lsangiz kerak. 🚫 Bu firibgarlar dastlab OAK ro'yxatidagi "Berlin Studies - Transnational Journal of Science and Humanities" jurnalining soxta(klon) veb-saytini yaratib, juda ko'plab sodda va ishonuvchan mualliflarimizni aldashgan. 🌐 Nafslari hakalak otgan bu firibgarlar sal o'tib 2021-yil 1-mart kuni OAK ro'yxatidagi yana bir jurnal - "British Medical Journal" jurnalining soxta klon veb-saytini ishga tushirishgan. Asos: https://www.whois.com/whois/ejournals.id 🎯 "Tuya to'ydi, fil to'ydi Sen to'ymading odamzod" maqolani o'zlari uchun shior qilib olgan firibgarlarimiz biroz vaqt o'tib(2021-yil 2-aprel kuni) navbatdagi OAK ro'yxatidagi "Art of Medici­ne. International Me­dical Scientific Jou­rnal" jurnalining soxta klon veb-saytini yaratishadi. Asos: https://www.whois.com/whois/artofmedicineimsj.us Hammasi silliq ketayotganini his qilgan firibgarlarimiz sal o'tib(2021-yil 25-iyun kuni) OAK ro'yxatidagi "Harvard Educational and Scientific Review" jurnalining soxta klon veb-saytini yaratishadi. Asos: https://www.whois.com/whois/journals.company ❗️Eng achinarlisi ushbu jurnallarning rasmiy veb-saytlarida mamlakatimiz mualliflarining birorta ham maqolalari e'lon qilinmagan. 🔍Hozirgi kunda "Berlin Studies - Transnational Journal of Science and Humanities", "British Medical Jour­nal”, “Art of Medici­ne. International Me­dical Scientific Jou­rnal” va “Harvard Ed­ucational and Scient­ific Review” jurnallari Oliy Attestatsiya Komissiyasining "dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan chiqarilgan. ❗️Eng qiziq tarafi firibgarlarimiz "задним числом" degan innovatsion laxatron sxema orqali bugungi kunda ham maqolalar qabul qilishni davom ettirmoqda. Ular ishlab chiqqan laxatron sxema juda oddiy bo'lib, jurnallarning soxta(klon) veb-saytlarini yaratish orqali, sodda va ishonuvchan mualliflarimizga jurnallarning eski sonlariga(задним числом) maqolalar chop qilishni tavsiya qilishmoqda va maqolalarni o'zlari yaratgan jurnallarning soxta(klon) veb-saytlariga joylashtirishmoqda. P.s: Ushbu jurnallarga maqola qabul qiluvchilarning o'zlari aynan shu soxta(klon) jurnallar veb-saytlarini yaratgan eng katta firibgarlardir! Biz hech qachon mualliflarimizni ochiqdan-ochiq aldashlariga yo'l qo'ymaymiz. Ogoh bo'ling! 📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing. |Telegram |Instagram | Facebook | Twitter |
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily