#scopus
✅ Tuya to'ydi, fil to'ydi, Sen to'ymading odamzod!
❗️Sodda va ishonuvchan mualliflarimizni firibgarlarimiz tomonidan scopus niqobi ostida aldash ishlari davom etmoqda!
🚫 Hammamizga ma'lum firibgarlarimiz yangidan-yangi Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarning klon veb-saytlarini yaratib, juda ko'plab sodda va ishonuvchan mualliflarimizni aldash orqali o'zlarining yangidan-yangi qurbonlari sonini oshirib bormoqda.
🎯 Laxatron sxema juda oddiy: firibgarlarimiz "Chinese Science Bulletin" jurnalining klon veb-saytini yaratib, sodda va ishonuvchan mualliflarimizga jurnal muqovasini qo'ygan holda shunchaki maqolaning PDF faylini yasab berishgan va maqolani o'zlari yaratgan jurnalning klon veb-saytiga joylashtirishgan.
🔍 Jurnalning klon veb-sayti 2023-yil 31-dekabrda ro'yxatga olingan. Asos: https://www.whois.com/whois/kexuetongbao-csb.com🌐 Jurnalning rasmiy(original) veb-sayti: https://www.sciengine.com/CSB/home🔝Scopus havola: https://www.scopus.com/sourceid/84932🚫Jurnalning soxta(klon) veb-sayti: https://www.kexuetongbao-csb.com
P.s: Jurnallarning klon veb-saytlarida e'lon qilingan maqolalar "scopus" maqola deb tan olinmaydi va hech qachon Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qilinmaydi.
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing.
|Telegram |Instagram | Facebook | Twitter |