#klon_jurnallar❗️Firibgarlarimiz tomonidan soxta(klon) veb-saytlari yaratilgan Scopus, Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi va OAK ro'yxatidagi jurnallar!
🔍 Hech o'ylab ko'rganmisiz, maqolangizni chop qilgan jurnallarning veb-saytlari haqiqatdan ham jurnalning rasmiy(original) veb-saytimi o'zi? Aslida unaqa bo'lmasachi?
🚫 Scopus yoki Web of Science malumotlar bazalaridagi va OAK ro'yxatidagi jurnallarning soxta(klon) veb-saytlarini yaratish bilan shug'ullanuvchi firibgarlar asosan Telegram ijtimoiy tarmog'ida turli nomlardagi guruh va kanallar niqobi ostida faoliyat olib bormoqda(o'zimizning odamlar).
💵 Hozirgi kunda Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi jurnallar niqobi ostida biznes qilish rentabelligi eng yuqori sohalardan biri bo'lib, o'rtacha firibgarlar mualliflarimizni aldash orqali yiliga kamida 1-2 mlrd so'm daromad qilishadi.
🎯 Bu firibgarlarning ishlab chiqqan laxatron sxemasi juda oddiy bo'lib, sohada bazaviy tushunchalarga ega bo'lmagan sodda va ishonuvchan mualliflarimizni ovlash bilan shug'ullanib, o'z bizneslarini amalga oshirib kelmoqda.
✅ Mualliflarimizni bu firibgarlardan himoya qilish maqsadida ular tomonidan soxta(klon) veb-saytlari yaratilgan jurnallar haqida muntazam ma'lumotlar berib bormoqdamiz.
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing.| Telegram | Instagram | Facebook | Twitter |