Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari yutuqlarga erishishda davom etmoqda.
Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 25-yanvar sanasida 7-Yellow sinfida ota-onalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
📌Majlisda ota-onalarga fan oʻqituvchilari tomonidan 2-chorak ChSBda har bir oʻquvchining natijadorligi va oʻzlashtirish darajasi haqida tahliliy maʼlumotlar berilib, oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalariga ogohlantirish xatlari berildi. Shuningdek, III chorakda koʻzlangan natijalarga erishishda hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi aytildi.
✅Majlisda ota- onalarga maktabning odob- axloq qoidalari va ichki tartib intizomi haqida yana bir bor qayd etib oʻtildi.
⚡️Majlis davomida ota- onalardan oilaviy ijtimoiy holati, farzandlarining kasblarga boʻlgan qiziqishi, psixologik holatlari hamda ta'lim sifatini yanada oshirish uchun maktab haqidagi fikrlari va takliflari olindi.
💫 Joriy yilning 25-yanvar kuni yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida kiritilayotgan Marg'ilon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 9-,10-maktablarda Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi trenerlari M.Abdurahmonov, Y.Murodovalar tomonidan yangi baholash tizimi bo'yicha o'quv o'tkazildi.
💫O'quvlar davomida yangi baholash tizimidagi bob bo'yicha summativ baholash sinovlarini qanday o'tkazish, nimalarga e'tibor qaratish, baholash mezonlari bo'yicha ishlarni tekshirish to'g'risida tushuncha va tavsiyalar berildi.
⚡️Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablarning fan o'qituvchilari tomonidan berilgan savollarga biriktirilgan ustozlar atroflicha javob berdilar.
Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari joriy yilning 25-yanvar sanasida Margʻilon shahar musiqali maqom teatriga tashrif buyurdilar.
"Sinfdoshlar" deb nomlangan zamonaviy sahna spektaklida bugungi kundagi bolalar oʻrtasida tobora avj olib borayotgan telefonga mukkasidan ketishlik, ijtimoiy tarmoqlardagi har-xil qimor oʻyinlariga berilishning ayanchli oqibatlari, nosogʻlom oilada voyaga yetayotgan farzandlarning oxir-oqibat oʻz qobigʻi atrofida oʻralashib, jamiyat uchun ham xavfli insonlarga aylanishligi aks ettirildi.
Shuningdek, oʻqituvchi degan ulugʻ kasb egalarini hurmat qilishlik, ularning bilimini simirishlik, aslo koʻnglini og'ritmaslik bir qator rollar orqali ta'sirchan aks ettirildi.
Shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamonda bola tarbiyasiga alohida e'tibor berish juda muhim!!!
Oʻquvchilar spektaklni miriqib tomosha qildilar, oʻz hayot yoʻllariga kerakli maʼnaviy ozuqa oldilar.