View in Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️OʻQUVCHIMIZ "WOMEN IN TECH"NING ILK OʻZBEKISTONLIK GʻOLIBI 🤩 Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aziza Neʼmatova "Women In Tech" global dasturining Kavkaz va Oʻrta Osiyo mintaqasi boʻyicha "Intiluvchan yosh" mukofotini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik boʻldi. Aziza axborot texnologiyalari sohasida katta natijalarga erishmoqda. U “Kiberxavfsizlik klubi” ish oʻrganuvchisi hamda "Girls in Research" loyihasida kvant hisoblashlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlar boʻyicha ilmiy ish muallifi hamdir. Oʻquvchimiz "TechGirls 2024" loyihasi doirasida kosmo-ekologik robot ustida ish olib borgan. Shuningdek, uning tashabbusi bilan taʼlim maskanida "Navoi Tech Teens" dasturlash va kiberxavfsizlik IT oromgohi tashkil etilgan. Maʼlumot oʻrnida, "Women in Tech" 2017-yilda tashkil etilgan global dastur boʻlib, uning maqsadi xotin-qizlarni texnologiyalardagi ishtirokini kengaytirishdir. Dastur dunyo boʻylab 56 dan ziyod mamlakatlarda 250 mingdan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan. "Women in Tech"ning bosh ofisi Fransiyada joylashgan. Oʻquvchimiz joriy yilning 14-noyabrida Parijda boʻlib oʻtadigan "Women In Tech" global dasturining xalqaro taqdirlash marosimda ishtirok etadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily