📣📣📣 XUSHXABAR
O’zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
✅ Olimpiadada dunyoning
110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur olimpiadada yurtimizning yosh va iqtidorli o‘quvchilari munosib ishtirok etishdi.
Medal sohiblari bilan tanishing:
🥉 Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi —
bronza medal,
🥉Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi —
bronza medal,
🥉 Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi —
bronza medal,
🥈 Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi —
kumush medal,
🥈 To’lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi—
kumush medalni qo’lga kiritdi.
Barcha o’quvchilarimizni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal