#natija
📊 Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi eʼlon qilindi
📆 2023-yil yakunlari bo‘yicha AOKA tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.
⚡️ Baholangan jami 131 ta tashkilot va idoraning –
⏺29 nafar matbuot kotibi (22,1%)ning ish natijalari yuqori;
⏺59 nafari (45%)niki o‘rta darajada;
⏺39 nafari (29,8%)niki qoniqarli;
⏺4 nafari (3,1%)ning faoliyati past darajada, deb topildi.
⚡️ Yuqori natija qayd etgan Axborot xizmatlari rahbarlari roʻyxatidan
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova hamda
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Joʻrabek Jangirov ham o‘rin oldi.
🌐 Batafsil: https://aoka.uz/uzb/news/1507
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube