#Science_Fair
Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Science Fair” ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda oʻquvchilardan tashkil topgan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
Ko’rgazmada o’quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlariga oid global masalalar, xususan, iqlim o’zgarishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, inson uchun zarur bo’lgan darmondorilar va gigiyena vositalaridan unumli foydalanish kabi masalalarga bag’ishlangan ilmiy loyihalar taqdim etdi. Loyihalar tajribalariga asoslangan ilmiy izlanishlar mahsuli ekanligi bilan ham ahamiyatli.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube