#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar
Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.
Ishchi guruhning navbatdagi manzili
Buxoro shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik o
‘qituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi.
Ishchi guruh maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube