8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniKonstitutsiya farovon hayot kafolatiDunyoda hech bir davlat, hech bir jamiyat yoʻqki qonun bilan tartibga solinmagan boʻlsa. Har birida xalq manfaati, insonlar shaʼni, qadr qimmati huquqiy kafolatlangani bois ham dunyoda muvozanat barqaror boʻlib kelmoqda.
Tahlillarga koʻra, har tomonlama katta davlatga aylanib borayotgan Yangi Oʻzbekiston aholisi 2040-yilga borib 50 millionga yetadi. Tabiiyki, jamiyatning yarmidan koʻpini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib sharoit yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar boʻlishi lozim. Ayonki, bu yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda oʻz aksini topdi.
Bugungi sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman!
Barchangizga sogʻlik-omonlik, oilaviy farovonlik tilayman.
Yurtimiz osmoni hamisha tinch va musaffo boʻlsin!
🚀 Telegram /
📷 Instagram