#munosabat
Tarixdan bugunga qadar O’zbek ayollari matonatli, sadoqatli, fidoyi, zukkoligi, mehnatkash, ilmli, ziyoli, ma’rifatli, madaniyatliligi bilan namuna bo’lib kelgan. Ularning har biri bugungi kunda butun dunyo jamiyatiga o‘rnakdir.
Turkiyaning ijtimoiy tarmoqlarida efirga uzatilgan va katta shov-shuvga sabab bo’layotgan “Stand-up” ko‘rsatuvida o‘zbek ayollari sha’niga nomunosib so’zlar bilan chiqish qilgan
Ümmühan Özden’ga nisbatan Turkiyadagi
“O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati” sifatida munosabat bidiramiz. Uning sahnada masxaraomuz chiqishi va tomoshabinlarning olqishariga sabab bo’lgan so’zlarini o’zbek ayollarining sha’ni va ahloqiga zid deb baholaymiz.
Ushbu muhitni yaratgan tashkilotchilar hamda Ümmühan Özden’dan o‘zbek ayollari sha’niga noo‘rin so‘zlar bilan haqorat qilganliklari uchun uzr so‘rashlarini so’raymiz.
Facebook ijtimoiy tarmog’idagi postga
👉 https://www.facebook.com/share/p/1BDSn5PKH2/?mibextid=WC7FNe
bildirgan rasmiy munosabatimiz:
👉 https://www.facebook.com/share/p/1HAqG53fRo/?mibextid=WC7FNe
Bu bilan bog’liq jarayonni kuzatib borishimiz va tegishli idoralarga murojaat qilishimizni bildiramiz.
~ Ozoda Islomova ~
Turkiyadagi “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” rahbari