Oʻzbek tilida xatosiz yozishga yordam beruvchi “Sof til” nomli bot ishga tushirildi
Bot (https://t.center/softil_bot) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘zbek tilida xatosiz yozishni keng targ‘ib qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Agar siz reklamalarda, peshlavhalar, ovqatlanish joylari, savdo shoxobchalari va qayerda bo‘lmasin o‘zbek tilida xato yozilgan so‘zlarni ko‘rsangiz, uni suratga oling va softil_botga yuboring. Suratdagi manzil va o‘zingiz haqidagi ma`lumotlarni ham kiriting.
Mutaxassis va mas`ullar bilan birgalikda siz yuborgan manzildagi xatolik bartaraf etiladi.
Tilimizga befarq bo‘lmang!
https://t.center/otabek_khasanov