🔺Kerakli masalliqlar:
Hamir uchun:
520 gr un
25 gr razrexlitel
270 gr margarin
150 gr smetana
150 gr shakar
30 gr kakao
3 ta tuxum sarigʻi
Nachinkasi uchun:
700 gr tvorog
150 gr shakar
3 ta tuxum oqi
200 gr olcha
2 osh qoshiq kraxmal
🔺Tayyorlnishi:
Idishga un va razrexlitel solib aralashtirib, hona haroratidegi margarin solib urpogʻlab olamiz. Shakar va kako solib aralashtirib tuxum va smetana solib hamir qorib tindirish uchun olib qoʻyamiz.
Nachinkasi uchun tvorog shakar va tuxum oqi solib aralashtiramiz.
Olchaga kraxmal solib aralashtiramiz.
Tingan hamirimizni ikkiga boʻlamiz. Katta boʻlagini yoyib qolibga solib chetalaridan bortiklar chiqarib tekislab olamiz. Ichiga tvorogli massa solib solib tekislab olcha solamiz. Ustidan yana tvorog surib tekkislab olamiz. Qolgan hamirimizni yoyib yurakcha shaklida kesib oldim. Shirinlik ustidan terib chiqamiz.
180* ga 35 daqiqaga pishirish uchun duhovkaga yuboramiz. Pishgan shirinlikni sovutib keyin kesamiz.
Retsept tayyor, retsept yoqqan boʻlsa Nodirangizni duo qilishni unutmang.❤️