Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar
1995-yilgi “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”da yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi boʻyicha shunday qoida belgilangan:
metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi
oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar =
metallar, kilogramm + mi =
kilogrammi kabi.
Yangilanadigan imlo qoidalarida bunga oʻzgartirish kiritish kerak. Yakka holda ham, qoʻshimchalar qoʻshilganda ham bitta harf yozilishi oʻzbek tili tabiatiga mosroq boʻladi. Hozirgi qoida
rus tili imlosidan koʻr-koʻrona koʻchirilgan.
🟢 Imlo talaffuzga qancha yaqin kelsa, tushunilishi ham shuncha osonlashadi.
Hozirgi qoidalarga koʻra yozilganda baʼzida tushunarsiz holatlar kelib chiqadi:
kilogrammi
Bunda nima nazarda tutilgan? “Kilogrammi?” deb soʻrayaptimi yo biror narsaning kilogrami haqida gap ketyaptimi?
Mann, Yohann, Pruss kabi
kishi nomlari haqida ham shunday fikr aytish mumkin. Ularni ham
Man, Yohan, Prus deb yozgan afzal.
🟢 Xullas, oʻzi talaffuz etilmaydigan va oʻquvchini chalkashtiradigan harfni saqlab qolishga hech qanday ehtiyoj yoʻq.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Islohtalab qoidalar: -ganda va vergul
🔹 Charlzmi yo Karl?
🔹 Yo qoʻshib, yo chiziqcha bilan yozilsin
🔹 Imlo islohi: xalqaro tashkilot va brendlar nomi
🔹 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi
@oriftolib