Manzil qanday yoziladi?
Manzillarni yozishda eng koʻp uchraydigan xato – joy va koʻchalar nomi orasiga
vergul qoʻyish.
Faqat bir holatda – pochta manzilini berishdagina vergul qoʻyish
oʻrinli:
100000. Toshkent sh.,
Hamid Olimjon koʻchasi,
5-uy,18-xonadon.
Manzilni bu tartibda berish
pochta joʻnatmalari, blankalar, shartnomalar va bank hisob-kitoblarida ishlatiladi.
Pochta va telegraf manzili Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining pochta qoidalari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi, yaʼni aloqa boʻlimi raqami, respublika, oʻlka, viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy yoki ofis raqami qoʻyiladi.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi misolda pochta indeksidan keyin nuqta qoʻyilgan, boshqa oʻrinlarda esa vergul ishlatilgan. Indeksdan keyin vergul qoʻyish ham mumkin.
Mabodo koʻzingiz tushgan boʻlsa, Yevropa mamlakatlarida bunga teskari usuldan foydalaniladi. Bizda manzil “kattadan kichikka” tamoyili boʻyicha, yaʼni oldin respublika, keyin viloyat, tuman, koʻcha yozilsa, xalqaro joʻnatmalarda “kichikdan kattaga” uslubi amal qiladi – oldin koʻcha, keyin shahar yoki tuman, viloyat, respublika yoziladi. Menimcha, bu shakl bizga sobiq Ittifoqdan meros. “Kattadan kichikka” tartibi Rossiyada 2005 yili
bekor qilinib, manzillarni
xalqaro standart boʻyicha yozishga
oʻtilgan. Biz ham dunyo standartiga moslashib olsak, yaxshi boʻlardi.
Davomi bor...
@oriftolib