Yili va yilda
Yillarni ifodalashda
yili va
yilda soʻzlari qoʻllanadi. Masalan,
2019-yili yoki
2019-yilda. Men koʻpincha
2019-yili deb ishlataman. Chunki sanadan keyin yana
-da qoʻshimchali soʻz kelishi mumkin va takror paydo boʻladi:
2018-yilda korxonamizda yangi boʻlim ish boshladi.
Erkin Vohidov 1936-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.
Mana shunday oʻrinlarda
yili deb qoʻllagan maʼqul.
Yil va kun birgalikda yaxlit sanani bildirsa,
-da ishlatiladi:
Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Oltiariq tumanida dunyoga kelgan.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi gapda ikkita
-da qoʻshimchasi ketma-ket kelib qoldi. Bunday hollarda
1936-yil 28-dekabr kuni degan yaxshiroq.
❗️ Yil va kun birga kelganda
yil ishlatiladi,
yili emas. Masalan,
1936-yili 28-dekabrda deyish
xato.
Kun biror yilga tegishli ekani bildirilganda qaratqich qoʻshimchasi (-ning) ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin. Agar kun sanasi aniq koʻrsatilsa, -ning ishlatiladi, noaniq boʻlsa, tushirib qoldirsa boʻladi:
1936-yilning 28-dekabrida.
1936-yil(ning) dekabrida.
Bu qoidalarga doim amal qilish shart emas. Baʼzi oʻrinlarda
yilda deb ishlatish oʻrinliroq boʻladi. Qay birini ishlatishni jumla va umumiy mazmun (kontekst)dan kelib chiqib
belgilaysiz.
@oriftolib