View in Telegram
Sirdaryoda yangi "WULING N111" avtomobili ishlab chiqarila boshlandi Sirdaryo tumanidagi Asaka Motors avtomobil zavodida yo‘lovchilar va yuk tashishga mo‘ljallangan yangi "WULING N111" avtomobili ishlab chiqarila boshlandi. "WULING N111" yetti kishini sig‘dira oladi, uning uzunligi 3 797 mm, kengligi 1 510 mm, balandligi esa 1 820 mm. Avtomobil 82 ot kuchiga ega bo‘lgan 1,2 litrli injektor atmosferali dvigatel bilan jihozlangan. O‘rtacha yonilg‘i sarfi 100 km uchun 6,3 litrni tashkil etadi va yonilg‘i baki hajmi 38 litrga teng. Standart to‘plam konditsioner, ABS tizimi va boshqa xavfsizlik elementlarini o‘z ichiga oladi. Asaka Motors International kompaniyasi boshqaruvi raisi Avazbek Jalilovning ta’kidlashicha, hozirda mijozlar avtomobil uchun oldindan buyurtma berishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telefon: +998 55 503 02 09 Email: info@asaka-motors.uz @Oqoltin_yangiliklari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily