View in Telegram
“Mahalladagi yoshlar yetakchilari I forumi” qizg‘in o‘tdi! Ochilish marosimi juda yuqori darajada tashkil etilib, unda Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Ichki ishlar, Mudofaa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi ishtirok etdi. Forumda 300 ga yaqin eng faol yoshlar yetakchilari 4 ta sho‘baga bo‘lingan holda yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdi. Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandlikni ta’minlash, huquqbuzarlikning oldini olish, “Yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” tizimi bilan ishlash borasida ekspertlardan qimmatli tavsiyalar olindi. Men ushbu forumda ishtirok etdim va taassurotlarim juda ajoyib bo‘ldi! Yoshlar uchun bunday imkoniyatlar yaratilayotgani va ularning faolligi qo‘llab-quvvatlanayotgani juda quvonarli. 💭 Obod yoshlari telegram: https://t.center/obodyoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily