Beshqo'rg'on mahallasida 100 tup daraxt ekildi.
Mamlakatimiz bo'ylab bugun erta tongdan "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" shiori ostidagi umumxalq xayriya hashariga start berildi.
"Mahalla" xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi ham mazkur xayrli ishga hissa qo'shish maqsadida joylarda obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Chilonzor tumanidagi Beshqo'rg'on mahallasida bo'lib o'tdi. Hashar doirasida 100 tup mevali daraxt ko'chatlari ekildi.
Yurtimiz bo'ylab obodonlashtirish hashari davom etmoqda.