Faqat dasturchilar emas...
AI Inqilobi Endi Boshlanmoqda!
Kecha Mark AI yaqinda Meta’ning o‘rta darajadagi muhandislarining ishini bajarishi mumkinligini ta'kidladi. Shu bilan birga,
o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarning ommalashishi ham jadallashmoqda va bu transport sohasini o‘zgartirib yubormoqda.
Biz boshlanishida turibmiz —
misli ko‘rilmagan inqilob boshlanishi! AI ba'zi ish joylarini almashtirsa-da, tarix ko‘rsatganidek, har bir texnologik o‘zgarish yangi imkoniyatlarga yo'l ochadi, Masalan:
- Elektr energiyasi shamlarni almashtirganda, butunlay yangi sohalar paydo bo‘ldi.
- Kompyuterlar ish o‘rinlarini yo‘q qilmadi — ular ilgari tasavvur qilib bo‘lmaydigan imkoniyatlarni ochdi.
AI orqali ham biz yangi imkoniyatlarga ega bo‘lamiz:
- AI Engineer - AI modellariga aniq vazifalarni o‘rgatadigan mutaxassislar;;
- Annotatorlar- katta hajmdagi ma'lumotlarni belgilash va tayyorlash ishlari ;
- Prompt Engineer - AI yordamida qilinayotgan san'at, musiqa va kontent ishlab chiqarish kabi ijodiy sohalar gullab-yashnamoqda va hkz.
AI nafaqat dasturchi va kod yozuvchilarga ta’sir qilmoqda —
bu jarayon taksichilar, buxgalterlar, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa ko‘plab sohalarni ham qamrab oladi.
Texnologik blogerlar hozir bu haqiqat emasligini aytishayotgan bo‘lsa-da, esingizda bo‘lsin:
innovatsiyalar har doim shubhalardan tezroq rivojlanadi. Bugun bu uzoq tuyulishi mumkin, ammo ertaga u tasavvur qilib bo‘lmaydigan imkoniyatlarni paydo bo'ladi.
Ish o‘rinlarini yo‘qotish muammo emas — yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi muhimdir.
Shuning uchun moslashing, o‘rganing va oldinga intiling. Bu inqilob qo‘rquv emas, o‘sish imkoniyatini beradi.
@adkham_zokhirov