#Navoiy_Prezident_maktabi
Ochiq darslar haftaligiga start berildi.
Navoiy shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston tarixi fanidan 7-sinf oʻquvchilari uchun ''VIII asrda Xuroson va Movarounnahr'' mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Dars integratsionlashgan holda tashkil etilib, mavzu ona tili, geografiya va matematika fanlari bilan bogʻlandi.
Ochiq darslarni oʻtkazishdan maqsad oʻqituvchi va oʻquvchilarning ijodiy hamkorligini targʻib etish, taʼlim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdir.