#bu_muhim0️⃣“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “yashil" iqtisodiyot yili"da amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib,
keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. 0️⃣Davlat dasturi loyihasida
5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.
0️⃣Loyihada atrof-muhitni asrash va
“yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.
0️⃣Loyiha
2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
0️⃣“Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus
uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.
🌐telegram |🌐instagram |🌐facebook|🌐Web-site 🌐youtube