#hamkorlik
#talabalar_akademiyasi
Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar akademiyasi hamda Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda yosh avlodni so'zga va badiiy adabiyotga oshno qilish va yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash, yosh pedagoglarni nazariy bilimlarini amaliyotda namoyon etish maqsadida "Adabiyot yashasa - millat yashaydi" nomli mushorira kechasi tashkil etildi.
Mushoirada, Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi Ziyoviddin Mansurov, Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi Ruqiya G'oziyeva, 11-sonli maktab tashkilotining direktori Mirzayeva O'ktamxon, maktab o'qituvchilari va ijodkor o'quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Mushoira davomida, ustozlar adabiyot va badiiyat, she'riyat haqida o'z fikrlarini bildirdilar va she'rlar o'qidilar. Mushoirani talaba-yoshlar davom ettirdi. Shu bilan birga davraga yanada qizg'in shukuh bag'ishlab maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari ishtirokida raqslar ijro etildi. Mushoira so'ngida ijodkor, iqtidorli talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar, jajji o'quvchilarga esa kitoblar sovg'a qilindi.
____
Talabalar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!
@talabalar_akademiyasi_NamDPI