View in Telegram
Namangan viloyati IIB M va FRB xodimlari tomonidan xorijiy fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbariyati tomonidan Davlatobod tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va qurilish obyektlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijiy fuqarolar uchun huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbiri davomida bangladeshlik fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublika hududida bo‘lish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, viza va ro‘yxatga olish tartiblari, mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy asoslari borasida ham kerakli maʼlumotlar berildi. Xorijiy mehnat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning O‘zbekiston hududidagi qonuniy faoliyatiga ko‘maklashish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadidagi bu kabi targ‘ibot tadbirlari doimiy davom ettirilmoqda. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily