Sektor rahbarlari ishtirokida oilaviy ajrimlar hamda ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Norin tumani madaniyat markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, tuman bosh imom-xatibi, Nuroniylar kengashi, maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi, tibbiyot birlashmasi hamda mahalla faollari va otinoyilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda o‘tgan 10 oy davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar bo‘yicha so‘z bordi.
Oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammo, jamiyatimizning og‘riqli nuqtasiga aylanib ulgurdi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrab qolishga, bolalarni tirik yetim qilmaslikga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube