View in Telegram
#ishq «Yaxshi koʻraman seni!» – degan jumla qalb tomi uzra til koʻtarib yurgan oʻn besh dona quruq harf emas. Bu jumla qalbda jamlanib, u toʻlgandan soʻng toshib chiqqan bir qancha tuygʻular yigʻindisidir. «Yaxshi koʻraman seni!» – jumlasining maʼnosi: «Yer yuzi senga tor boʻlganda, men senga qanot boʻlaman, yuklaring ogʻir boʻlganda, men senga yelkadosh boʻlaman, oʻzingni yoʻqotib qoʻysang, inkor qila olmaydigan vataning boʻlaman, seni mahzunlik quyoshi kuydirganda senga soya soladigan bulut boʻlaman, gapirmasang-da qalbing ovozi menga yetib keladi, qoʻllarim yiqilayotganingda doimo seni tutishga urinadi, yiqilib tushsang, mening qoʻllarim senga birinchi uzatiladigan qoʻllar boʻladi, sening saodating mening maqsadim, sening kulgularing menga mukofot, sening xafaligingda sherik boʻlganimdek xursandligingga ham sherik boʻlaman, sherik boʻlsak, xursandchiligimiz yana-da ortadi, mahzunligingni boʻlishsak, u kichrayadi». Adham Sharqoviy, «Tungi suhbatlar» 📝 @mutolaah
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily