Dublinda qish
Dekabr ichi havo harorati 5-10 C bo'lib turgandan keyin va nihoyat Irlandiyada ham yanvarga kelib qishga o'xshash havo bo'lyapti. Ba'zi shaharlarda, Irlandiyada men uchun hometown bo'lgan Corkda ham qalin qor yog'di. Ammo Dublinda hozircha faqat sovuq bor xolos.
Qor bo'lmasa ham namgarchilik yuqori bo'lgani sabab havo harorati 0 C dan pastga tushsa, yo'llarni shunaqa qirov va muz qoplaydi. Bugun bo'lsa -1 C bo'lishi kerak bo'lgan havoga vahima qilib "Severe weather conditions" deb ogohlantirib yotishibdi. Ichimda "Ehh sizlar -10 C da gazsiz yashash nimaligini bilmaysizlarda" deb qo'ydim.
Hafta oxiriga kelib havo yana +8 C dan yuqoriga chiqar ekan. Bu yil qish ancha issiq kelyapti bu yerda. Shunaqa gaplar
#irish_life
@Musayev_blogi