Telefon va Kitob
#Tarix
Alisher choʻkkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat koʻrib oʻtirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar oʻgʻirlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan Gʻiyosiddin endi toʻrt yoshga kirgan oʻgʻli Alisherga kulimsirab qarab turdi. “Shul yoshdin kitobga muhabbat qoʻysa, ulgʻaygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay oʻzi bila asrab yurgʻay”, deb oʻyladi ota shiringina, doʻmboq oʻgʻlidan koʻzini uzolmay.
(Zulmat ichra Nur kitobidan)
#Zamon
Endi shu manzarani hozirgi zamonda bir tasavvur qilib ko'ramiz...
Alisher kichkina stulga o'tirgancha otasining Iphone telefonida you tube platformasida alla qanday chet el multfilmni tomosha qilib o'tirardi (chamasi 2 soatlardan beri), bu manzarani ko'rgan otasi telefon zararligini aytib Alisherga tanbeh berdi. Jaxl bilan telefonini oldi (asr muammosi stress asabiylik) bunday holattan keyin Alisher yig'lashga tushib ketti. Tanish manzara shunday emasmi?
#Yechim
Bolalarimizni yoshligidan kitobga muhabbatli qilib o'stirsak kelajakda bizdan yana Buxoriy, Alisher Navoiy, Abu Rayxon Beruniy Fag'oniy va Amir Temur kabi buyuklar yetishib chiqadi InshaAlloh.
@Musannif_uz 💠
Yaqinlarga ulashing ✈️