View in Telegram
#Saodatasrijavohirlari 💎 #Sahobalar 💠 SA'AD IBN ABU VAQQOS ROZIYALLOHU ANHU Banu Zuhra Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tog‘alari [ya’ni, onalari Ominaning amakilari (Sa’d ibn Abu Vaqqos) mansub bo‘lgan Quraysh urug‘i] bo‘lib, u kishining (asl) nomlari Sa’d ibn Molikdir. Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: “Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!” - deb aytdilar”, - deydilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: “Men o‘zimni uchinchi bo‘lib Islomga kirganman, deb hisoblayman”, - deydilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: “Men Islomga kirgan kundan boshqa kuni hech kim Islomga kirmadi, men yetti kun (Makkada) turib, Islomga uchinchi bo‘lib kirdim”, - deydilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: “Men Alloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arabman. Biz (sahobalar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga g‘azot qilar edik, daraxt barglaridan o‘zga yeguligimiz bo‘lmas edi, hattoki ba’zi birimizning ichimiz tuya tezagi yoki qo‘y qumalog‘i kabi edi. Keyin, Banu Asad menga: “Namozni yaxshi ado etmaysan, ilgarigi solih amallaringni habata qilding!” - deb tanbeh bera boshladi”. Qays: “Banu Asad (o‘shanda) Sa’dni Hazrat Umarning huzurlariga olib borishib: “Sa’d namozni yaxshi ado etmaydi” - deb shikoyat qilishgan edi”, - deydilar. Al jome'as_sahih 📚 @Musannif_uz 💠 Yaqinlarga ulashing ✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily