Margarin Marksist va Ho‘kiz dohiy
1949-yilning qishida Mao Sze Dun Stalin bilan uchrashish uchun Moskvaga keldi. Ikki qilich bir qinga sig‘mas degandek, aslida ikkisi ham bir-birini suymas, otishga miltiqlari yo‘qdek davralanishardi. Stalinni uni ko‘rishga tobi toqati yo‘q,
"Margarin marksist" deb atardi. Bu gap uning qulog‘iga yetib borgan va u xam Stalinni
"Ho‘kiz dohiy" der ekan. U Moskvaga kelishi bilan o‘zini osmonda tutib buyuk revolyutsioner, jang-u jadallarda g‘olib chiqqan tengsiz qo‘mondon rolini o‘ynay boshladi. Stalin uni joyiga o‘tkazish uchun bir oy chamasi xonaband qilib qo‘ydi.Nihoyat, 1950-yili fevralning o‘rtalarida do‘stlik va hamkorlik haqidagi shartnomaga imzo chekildi.
📚Davlat to’ntarishi
#iqtibos #Tarix
👉 https://t.center/mulohazalarim_m