Biz hech qachon hech kimni to'laqonli bila olmaymiz ... qalb , aslida , faqat unga tegishlidir... unga tobedir ...unda nima borligini ham faqatgina u bilguvchidir....
Qarorlar qabul qilar ekansan , xatolarni takrorlar ekansan , ayrim narsalarni anglab olishing zarur ! Kuzatishlarim shuni so'zlaydiki , nimaiki voqea hayotingda takrorlanayotgan bo'lsa , bilginginki hali sen yetarlicha dars olmagansan ! Inson takror -takror xato qilar ekan , har takrorlanganda bunday holatlar 2 , 3 baravar og'riq olib kelaveradi ! Shuning uchun ham , hozir senga qay darajada qiyn bo'lishidan qat'iy nazar to'xtama , ortga umuman qarama , yana xato qilishingga yo'l qo'yma!
Ishon , to'xtasang hozircha senga yaxshi bo'ladi , lekin oradan ancha vaqt o'tgani sari qattiq pushaymon bo'laan , qattiq adashganingni chuqurroq anglaysan va o'zingni koyiysan !
Vaqtinchalik rohat-farog'atni deb butun kelajaging barbod bo'ishiga yo'l qo'yma , qiyinchilikni sev , unda toblanishdan rohatlan!
ishon , hozirgi qiyinchilikni yelkangga yuklatgan Zot , seni eng ajoyiblariga tayyorlamoqda ! So'zlarimni anglagan bo'lsang , xursandman !
Tizimlardan tashkil topgan bir olam ichida( yashayapmiz emas) vaqt o'tkazayotgandekmiz , go'yo... Ota-ona farzand kamoli uchun bor budini qurbon qiladi ( aslida , o'rnak bo'lish kifoya ) ... Farzand ayrim hollarda buning qadriga yetadi , ayrimlari esa ... Chetdan qaraganda , hamma o'z hayotida yashayotgan kabi ko'rinadi-yu, aslida, butun diqqat qarindoshlar nima deydi? Odamlar nega bunday ? Nega menda o'xshamadi ? Nega farzandim qo'shnini bolasidek emas ?
Kulgili , achinarli hol!
Ey inson , shu qadar gumrohmisan , o'z vujudingning bir parchasini kimlar bilandir taqqoslab, farzandingning tilloga teng qobiliyati-yu shijoatiga putur yetkazasan !
Bu isyondir!
Nahot lug'atinga " sabr" degan so'zga o'rin yo'q !
Qadarga rozi bo'lmoqlikdanda go'zal xotirjamlik his etmadim ! Isyon qilmadimki ,nega menda bunday emas deb ! O'zimni hech qanday tizim qurboniga aylantirmay, jamiki qarshiliklarda Unga bo'lgan cheksiz ixlos va ishonchimga , qalbimdagi o'ta sof niyatlarimga sodiq qoldim ( bardavom bo'lsin) !
Anglaganim :
Eng a'losi bo'lsang ham , eng rasvosi bo'lsang ham senda bori o'zida bo'magan har kimsaga yovdek ko'rinasanki , ular so'zi, harakati bilan har on seni yanchishga intiladi !
Shunda senda bor samimiyat, iymon , U zotga bo'lgan ishonch sinaladi !
Shukr keltiramanki ,g'iybatlarda bosh mavzu bo'lsamda, g'iybatchi fisq-u fasodlardan etmadi ! Ruhiy zarbalarda bemor etilsamda, zarba berivchilardan etmadi ! Rozimanki, qalbim, ruhim ,ong-u shuurim erkin va ozodki, o'zgalar baxt-u omadini qoralovchi hasad qurboni etmadi !
........ ............ ...............
Xo'sh , mard bo'lib ayt-chi , so'zlarimning qaysi qismida o'zingni ko'rding ...
Dunyolarni zabt etmoqchi bo’lgan ey qalbim! Ba’zan , tan olish kerakki , sarhad- chegara bilmas poyoni yo’q orzular ummoniga g’arq bo’lasan! Shu qadar bu ummonga sho’ng’ib ketasanki, g’arq bo’lganingni sezmay alanglab qolasan!
Nahot unutding, dunyo bir o’tkinchi matoh ekanini!?
Nahot anglamading bir soniya oldin olgan nafasing seni zumda tark etdi?! Nima yo kim abadiy, xo’sh?!
Nahot seni abadiyat olamida umuman so’ralmaydigan allam-balolar tashvishga solyapti?!
Nahotki, urib turgan tomirlaringdan ham senga yaqin bo’lgan zotni unutib, o’zingni jabrdiydadek tutyapsan?!