Korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf soluvchi illatdir.
Shu maqsadda Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Yaqinda Mirzaobod tuman soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan uchrashuvda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda soliq xodimlari zimmasidagi vazifalarni halol bajarish, soliq to‘lovchilarga “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida yordam berish, kasbiy odob-axloq qoidalariga amal qilish va korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilib, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganda murojaat qilish uchun
@dsq_anticorrupciya_bot telegram boti, org@soliq.uz elektron pochtasi va ishonch telefonlari (71-244-98-98, 67-235-03-42) haqida ma’lumotlar berildi.
Кирилда 💬 | Lotinda 💬
👉 Instagram |
Facebook |
Telegram |
Web sahifa |
Youtub