#MKBANK_kulolchilik_sarhisob
✅ Rishton tumanining kulolchilik hunariga ixtisoslashuvini inobatga olib, bu yerda ham aholi daromadlarini yanada oshirish, ish oʻrinlari yaratish, aholi bandiligini taʼminlash maqsadida “Mikrokreditbank” tomonidan imtiyozli kreditlar taqdim etila boshlandi.
🎆2024-yil davomida hunarmandchilikning kulolchilik turini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Rishton tumanida istiqomat qiluvchi 254 nafar hunarmandga 2,5 milliard soʻmdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilib, birgina kulolchilik yoʻnalishida 250 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratishga erishildi.Batafsil🌐Veb-sayt | 📱MAVRID | 📱Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | ☎️Call-markaz