🇺🇿🇸🇦SAUDIYA ARABISTONI KOMPANIYASI KASB-HUNAR TA'LIMIGA INVESTITSIYA KIRITADI
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari hamda
Saudiya Arabistonining “Al Arkkan” kompaniyasi direktori Muhammad al-Fassam boshchiligidagi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
📚 Uchrashuvda vazirlik tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida
mehmonxona va restoranlar xizmatchilarining
oziq-ovqat xavfsizligi hamda turizm boʻyicha bilim va malakalarini oshiradigan oʻquv kurslari, shuningdek, Saudiya Arabistonida ishlash istagida boʻlgan
hamshiralarni qayta tayyorlash va
xorijiy tillarga oʻqitishga ixtisoslashgan muassasa tashkil etishga doir “Al Arkkan” kompaniyasining takliflari muhokama qilindi.
▪️Muzokaralar yakunida pilot loyiha sifatida Toshkent shahrida mehmonxona va restoranlar xizmatchilarining oziq-ovqat xavfsizligi hamda turizm boʻyicha bilim va malakalarini oshiradigan
oʻquv kursini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
“Al Arkkan” kompaniyasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya poytaxtdagi kasbiy koʻnikmalar markazlari faoliyati bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun: Al Arkkan oʻquv markazi Qirollikdagi restoranlar, supermarketlar, goʻzallik salonlari va sartaroshxonalar ishchilari uchun oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻliqni saqlash dasturlari boʻyicha ixtisoslashgan birinchi oʻquv kompaniyasidir.
Oʻz faoliyatini 2009-yilda Dammam, Jidda va Makka shaharlarida boshlagan. Kompaniya Chartered Institute of Environmental Health (CIEH), ISO 9001 va IAS 17024 kabi bir qancha xalqaro akkreditatsiyalarni olgan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube