"MAʼRIFAT ORQALI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH" DASTURI YOʻLGA QOʻYILADI
Mahallalarda kambagʻal oila aʼzolarining ishlash ishtiyoqi va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Maʼrifat orqali kambagʻallikni qisqartirish” dasturini amalga oshirish orqali:
▪️oʻz mehnati bilan kambagʻallikdan farovonlikka erishgan oilalarning ijobiy tajribalari ommalashtiriladi, shu jumladan, mahallalarda “Farovonlikka erishgan eng namunali oila” tanlovlari oʻtkaziladi;
▪️el orasida katta obroʻga ega olimlar, yozuvchi-shoirlar, teatr, madaniyat, sanʼat arboblari va mahalladagi hojilarni (oqsoqollarni) “maʼnaviy koʻmakchi” sifatida 1024 ta ogʻir toifadagi mahallaga biriktiriladi;
▪️ogʻir toifadagi 1 024 ta mahalladagi “mahalla yettiligi” aʼzolari, mahalla servis kompaniyalari rahbarlari hamda kambagʻal oilalar vakillari kaskadusulida oʻqitiladi.Sayt | Telegram |Facebook | Instagram | Youtube