View in Telegram
Ish vaqtida vafot etgan xodimning oila aʼzolariga 485,7 million so‘m mablag’ to’lanishi belgilandi Andijonlik Sh.Nurillayevaning turmush o‘rtog‘i N.Nurillayev mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan. Sh.Nurillayeva boquvchisini yo'qotganligi uchun korxona tomonidan to'lanishi lozim bo'lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to'lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan. Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib sudga da’vo arizasi kiritildi. Ariza qanoatlantirilib sudning hal qiluv qaroriga asosan Sh.Nurillayeva foydasiga 485 million 760 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily