View in Telegram
KАMBАGʼАLLIKNI QISQАRTIRISHDА NURONIYLАR KOʼMАKKА OTLАNDI O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi masʼullari ishtirokida (ZOOM orqali) yig‘ilish o'tkazildi. Yigʻilishni "Nuroniy" jamgʻarmasi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev olib bordi. Unda "Kambagʼallikdan farovonlik sari" dasturi asosida mahallalarda kambagʼallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanish hamda aholini daromadli mehnatga jalb qilish borasida targʼibot-tashviqot ishlarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi. Yigʼilishda Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʼrinbosari v.b Sirojiddin Boboqulov mazkur ishlarda nuroniylarning oʼrni muhim ekanligini, ayniqsa, boqimandalikni kasb qilib olgan oilalar bilan ishlashda keksalarimizning hayotiy tajribalari as qotishini taʼkidladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily