Prezident Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda
aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
🟢2025-yilda jami
5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan
3 milliondan ziyod aholini band qilish rejalashtirildi.
🟢Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan
1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi.
🟢2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida
mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga
“mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan
“yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.
🟢“online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va
“soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi.
👉batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube