"Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
📍Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Kasbiy ko‘nikmalar markazida bo'lib o'tgan mazkur seminarda vazirlik mas'ullari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda viloyatdagi 9 ta tumandagi hokim yordamchilari ishtirok etdi.
✅Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-347 - sonli qarori hamda “Kambag‘allikdan - farovonlik sari" dasturiga asosan hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha ko'rsatmalar berildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube