View in Telegram
Yangi yil bayramida olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi. Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi qarori bilan 2025-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. 🔹28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni; 🔹29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; 🔹30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni; 🔹31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 🔹1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami; 🔹2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily