Siz buni bilarmidingiz ?
Braziliyalik shifokorlar tilapiya baliqlaridan kuygan jarohatlar va teri yaralarini davolash maqsadida foydalanishadi. Ushbu baliqning terisida o'ziga xos xususiyatlar mavjud bo'lib, ular regenerativ jarayonlarni tezlashtiradi. Tilapiya terisi quyidagi sabablarga ko'ra ishlatiladi:
Kollagenning yuqori miqdori – Tilapiya terisida kollagen, xususan, I turi, ko'p bo'lib, u terining tiklanish jarayonini tezlashtiradi va yara joyini himoya qiladi.
Infeksiyalarga qarshi himoya – Tilapiya terisi bakteriyalar va infektsiyalarni oldini olishga yordam beradigan tabiiy antibakterial xususiyatlarga ega.
Oson ishlov berish va narxning arzonligi – Tilapiya terisi tabiiy va arzon material bo‘lib, uni tayyorlash va bemorlarda qo‘llash nisbatan qulay.
Tilapiya terisi kuyish bo‘limlarida jarrohlik aralashuvisiz doka yoki sun’iy qoplamalarga alternativ sifatida qo‘llaniladi. Braziliyada bu usul innovatsion va ekologik yechim sifatida katta qiziqish uyg‘otgan.
BioLogic IQ