Guruhda AppSheet boʻyicha keyingi rejalarim haqida savol boʻlgan edi. Unga javobni bu yerda ham eʼlon qilyapman.
===
Qisqa koʻrinishdagi rejam: 1. 8 ta loyiha yordamida AppSheet asoslarini ommaga oʻrgatish. Tajribali mutaxassislar ham bu videolarni koʻrishsa, yaxshi tajriba almashinuvi boʻladi deb oʻylayman (kamida men uchun).
2. Bulardan keyin qiziquvchilarni saralab bir necha kishi bilan test loyihalarda tajriba orttirishga ishlash. Oldin tuzgan loyihalarim TZlari asosida + qoʻshimcha boshqa loyihalar.
3. 2-bosqichda oxiriga yetganlarni saralab rezervga, alohida guruhga yigʻish. Loyiha chiqib qolsa, shu rezervdagilarga yuboriladi. Imkoni boʻlganlar bilan loyiha birga tuziladi.
===
Endi uzunroq.
Oʻzi moʻljaldagi maqsad buyurtmalar keti uzilmay tursa, jamoa yigʻib buyurtma olib ishlash.
Uning uchun oʻzim texnik tomondan ishona oladigan mutaxassislar kerak boʻladi. Hozircha AppSheetdan ommaviy kurslar boʻlmagani, materiallar nisbatan kam boʻlgani uchun oʻzim boshlangʻich mavzular boʻyicha qoʻllanmalar chiqarmoqchiman.
Loyihalar roʻyxatidagi oxirgi 2 tasining koʻlami kattaroq va koʻproq vaqt oladi. Dars materiallarini tayyorlayotganimda oʻzim buyurtma olib ishlashga ulgurolmayman. Shu sababli ular pullik boʻlyapti.
===
AppSheetga parallel FlutterFlowda ishlashga ham oʻtishim kerak aytgancha.