Bu post bo'yicha
Abdulloh bilan maslahatlashgandim.
"Boshidan mavjud loyihalarga tushib olish qiyin bo'ladi, avvaliga soddaroq loyihalar yordamida AppSheet bilan tanishtirgan ma'qul" dedilar. Yaxshi taklif bo'ldi.
"Qanday loyihalar qilsam ekan" deb ba'zi fikrlar kelgandi. "Zamonaviy muammolar zamonaviy yechimlarni talab qiladi" dedim-da "ChatGPT, myaxke" deb so'rov berdim.
So'rovga linkShunga ko'ra mana bu ketma-ketlikdagi loyihalarni qiziquvchilar bilan birga tuzib chiqish kerak, deb o'ylayapman.
1. 📗 Kontaktlar dasturiIsm, telefon raqami va Telegram profili saqlanadigan sodda dastur. Ko'p loyihalarda shu kabi bo'lim uchraydi. Masalan, ta'minotchi (поставщик), xaridor, korxonadagi xodimlar bo'limlari.
2. 🤝 Qarz oldi-berdi dasturi1-dasturning mantiqiy davomi. Biron kimga qarz berilgan yoki biron kimdan qarz olingan bo'lsa, shu hisoblarni yuritish uchun dastur.
3. 📊 Kirim-chiqim dasturiOldingi dasturlar asosida davom etamiz. Tushumlar va xarajatlarni kategoriyalarga bo'lib yuritiladi. Ma'lumotlarni mos bo'lgan grafiklar ko'rinishida taqdim qilinadi. Ma'lumotlarni oylar kesimida ko'rish mumkin bo'ladi.
4. ✅ TodolistDasturlash sohasidagi hammaga qadrdon bo'lgan vazifalar dasturi. Vazifa yaratish, vazifa bajariladigan sana yoki dedlaynini belgilash, statusini boshqarish kabilar bajariladi. Taqvim ko'rinishi bilan ishlash ko'rib chiqiladi.
5. 🛒 Ro'zg'or yuritish dasturiOldingi 4 ta dasturda xarajatlarni yozyapmiz. Pullik ishlarni ham.
"Ishdan qaytishda uyga nima olvolay" deb so'rash o'rniga hamma oziq-ovqat mahsulotlarining qoldig'ini yuritsakchi? Kam qolganlarini alohida sahifada ko'rib o'zimiz sotvolaberamiz. Chek rasmini saqlab qo'yishimiz mumkin.
6. 📚 Shaxsiy kutubxona dasturiZiyouz portali asoschisi
Davronbek akani taniysizmi? Yaxshigina katta shaxsiy kutubxonalari bor, adashmasam. Kitoblar ro'yxatini yuritish, biron kimga qarzga berib turish va shu kabilar uchun ishlatilishi mumkin. Bu dasturni kamera jihozlari yoki qurilish instrumentlarini ijaraga beruvchilar uchun moslab ko'rish ham mumkin.
7. 🎫 Tadbir davomati dasturiTadbir va unga taklif qilingan mehmonlar davomati yuritiladi. Vaziyatga qarab qo'shimcha imkoniyatlar kiritilishi mumkin.
8. 📆 HR yordamchi - Ishchilar davomati va oylik hisoblash dasturiIshchilarni ishga olish, oyliklarini boshqarish va hisoblash, ta'til va pul so'rovlarini boshqarish imkoniyatlari bor dastur.
===
Bu ehtimoliy ro'yxat. Bu loyihalarni tuzish davomida o'zaro fikr, tajriba almashish mumkin bo'ladi.
===
Bularga qanday fikrdasiz?