Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi
✅ “24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
⚡️Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Tadbir davomida
BMT, UNESCO, UNICEF, Jahon banki, Cambridge University and Press vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi hamkorlikdagi loyihalar hamda erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova