View in Telegram
10 yoshli jiyanimga brend aydentikasi nimaligini qanday tushuntirgan bo‘lar edim? Avvalgi suhbatimizda senga brend missiyasi nimaligini tushuntirib bergan edim. Endi senga brend aydentikasi haqida gapirib beraman. Tasavvur qil, maktabda sendan boshqa yana 10 ta sinfdoshing ingliz tilini o‘rgatishni boshladi. Avvaliga ularning o‘quvchilari kam edi. Lekin... Boshqa maktabdan sendan ingliz tilini o‘rganish uchun kelgan bolalar, seni boshqalardan ajrata olishmadi va boshqa sinfdoshlaringning kursiga yozilishdi. Bu holat qayta takrorlanmasligi va seni boshqalardan oson ajratib olishlari uchun sen o‘z brending uchun aydentika yaratishing kerak. Aydentika nima? Brend aydentikasi –– brend bozorda boshqalardan ajralib turish va mijozlar bilan kommunikatsiya qilish uchun foydalanadigan vizual va emotsional elementlar. Bular: Logotip, tipografika, mijozlar bilan so‘zlashuv uslubi(Tone of Voice), dizayn uslub. Misol uchun: Pepsi. Ko‘k rang, qizil, va oq rangdan iborat logotip, reklamalarda o‘ziga xos shriftda yozilgan so‘zlar va albatta “Yanada chanqoq bo‘l” shiorida aks etgan brendning so‘zlashuv uslubi. Aynan shu elementlar orqali mijozlar seni raqobatchilar orasida oson topa oladilar. Keyingi safar senga shu elementlardan biri ya’ni brendning so‘zlashish uslubi(Tone of Voice) haqida aytib beraman. #soddamarketing @maqsadli_mijoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily