View in Telegram
10 yoshli jiyanimga marketing nimaligini qanday tushuntirgan bo'lar edim? Tasavvur qil sen ingliz tilini zo'r bilasan va uni boshqalarga ham o'rgata olasan. Sinfdoshlaring orasida ingliz tili fanidan bahosi past do'stlaring ko'p. Ular bahosini yaxshilamasa, ota-onalar majlisida uyalib qolishadi. Sen ingliz tilini bilganing uchun ularga yordam bera olasan. Muammo shundaki, sinfdoshlaring seni ingliz tilidan kuchli ekanligingni bilishmaydi. Endi sen ingliz tilini yaxshi bilishingni ularga bildirishga harakat qilmoqchisan. Mana shu harakatga "marketing" deyiladi. Ya'ni... Marketing bu - bir guruh insonlarni muammosini yechishga bo'lgan samimiy harakat. #soddamarketing @maqsadli_mijoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily