View in Telegram
Nega bir mahsulotni sotib olamiz, boshqasini esa yo‘q? Har bir reklama oxiri sotuvga olib borishi kerak. Lekin hamma reklama/kampaniyalar ham natija beravermaydi. Bunga sabablar ko‘p. Ulardan biri — mahsulot to‘g‘ri reklama qilinmaganida. Ya’ni, reklamani ko‘rgan auditoriya uni tushunmagan/ishonmagan/qoniqmagan bo‘lishi mumkin. Robert Chaldini “Ta’sir psixologiyasi” kitobida insonlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish, ko‘ndirish va ularning qaror qabul qilish jarayonlariga qanday ta’sir qilish mumkinligini batafsil tushuntirib bergan. Kitobdan keys: 1970-yillarda Hare Krishna harakati a’zolari qo‘llab-quvvatlash va xayriya olishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ammo ular pul yig‘ishning mohirona usulini ishlab chiqishadi. Ya’ni: Ular jamoat joylarida odamlar yoniga borib, ularga gul, kitob kabi kichik sovg‘alar tarqatishadi. Eng muhimi, ular odamlarga bu sovg‘alar bepul ekanligini va hech qanday xayriya talab qilmasligini aytishadi. Natija: Insonlar sovg‘ani olgandan keyin, bu sovg‘ani qaytarish majburiyatini his qilishadi. Natijada ular harakatning faoliyatiga qiziqmasalar ham, kichik miqdordagi xayr-ehsonlar qilishadi. Nega bu usul ishladi: Chunki odamlar o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatni, hatto u bepul bo‘lsa ham, qaytarish majburiyatini his qilishadi. Kitobni o‘qib, siz: — Insonlarga ta’sir o‘tkazishning 6 tamoyili; — Mijozlarni ishontirish usullari; — Qanday qilib xaridorlar mahsulotingizni siz istagan narxda sotib olishlari mumkinligi haqida bilib olasiz. 🔔 Kitob o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Xarid qiling va foydalaning. #kitobtavsiya @maqsadli_mijoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily